Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Mehmonxona va umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun mol-mulk solig‘i imtiyozlari uzaytirildi

A A A
Mehmonxona va umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun mol-mulk solig‘i imtiyozlari uzaytirildi

Prezidentining 2026 yil 27 avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-175-son farmoni bilan mehmonxona, restoran, kafe va barlar faoliyatiga oid ayrim soliq va raqamli markirovkalash talablari soddalashtirilmoqda.

Jumladan, mehmonxonalar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalariga 0,1 koeffisiyent qo‘llash muddati 2030 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.

Amaldagi tartib bo‘yicha ushbu imtiyoz 2027 yil 1 yanvarda yakunlanishi kerak edi.

Shuningdek, mehmonxona, restoran, kafe va barlar tomonidan xarid qilingan suv, salqin ichimliklar, pivo hamda tamaki mahsulotlarining markirovka kodlari yakuniy iste’molchiga sotilgan deb hisoblanadi.

Bundan tashqari, QQSning bir qismini qaytarish, soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tadbirkorning barqarorlik reytingiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Avval korxonaning reytingi o‘zgarganda, unga qo‘llaniladigan imtiyozlar ham o‘zgarishi mumkin edi. Endilikda ushbu tartib bekor qilinadi.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!