2024 yilda 450 ming kishi armiya bilan shartnoma imzolagan. Bu haqda Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, Rossiya Qurolli kuchlarini ishga qabul qilish komissiyasi rahbari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, 2024 yilda kontrakt bo‘yicha askarlarni yollash vazifasi bajarilgan.
Yana 40 mingga yaqin kishi ko‘ngilli sifatida kirishdi. Unga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 1 mingdan ortiq kishi shartnoma imzolagan.
Medvedev 2025 yilda ham yollash tezligini saqlab qolishga chaqirdi.
Dekabr oyi oxirida shartnoma imzolaganlar soni 440 ming kishini tashkil etdi, dedi Medvedev. «Bu barcha hududlarning mehnati samarasidir», dedi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.