Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mbappe Zidanning qaroridan norozi bo‘ldi

Mbappe Zidanning qaroridan norozi bo‘ldi

UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida Fransiya terma jamoasi safarda Turkiyaga qarshi maydonga tushdi. Fransuzlar Kilian Mbappening goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, yulduz hujumchi bosh murabbiy Zinedin Zidanning taktik qaroridan norozi bo‘lgan. Zidan Mbappeni uchrashuvda chap qanotda o‘ynatgan.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe o‘yin davomida jarohat oldi va 58-daqiqada almashtirildi.

Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasidagi keyingi uchrashuvini 28 sentyabr, dushanba kuni safarda Belgiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:39 26.09.2026. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik