Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Mbappe va Dembele o‘rtasidagi sovuqchilik hali ham davom etmoqda

Mbappe va Dembele o‘rtasidagi sovuqchilik hali ham davom etmoqda

Fransiya terma jamoasi lagerida Kilian Mbappe va Usmon Dembele o‘rtasidagi munosabatlar hali ham to‘liq izga tushmagani aytilmoqda.

L'Équipe ma’lumotiga ko‘ra, ikki hujumchi o‘rtasidagi kelishmovchilik bartaraf etilgani haqidagi gaplar haqiqatga to‘liq mos kelmaydi. Mbappe avvalroq ular o‘zaro gaplashib, barcha masalalarga oydinlik kiritganini aytgan edi.

Biroq Dembele atrofidagilar bu bayonotdan hayratlangan. Manbaning yozishicha, futbolchilar o‘rtasida vaziyatni muhokama qilishga qaratilgan alohida suhbat aslida bo‘lmagan.

Shunga qaramay, Dembele mojaroni omma oldida yanada kuchaytirishni istamagan. U matbuot bilan muloqotda masala OAVda ortiqcha kattalashtirilayotganini aytib, bu mavzuga batafsil to‘xtalishdan bosh tortgan.

Ayni paytda har ikki futbolchi Fransiya terma jamoasi safida navbatdagi muhim bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

"Uch ranglilar" 2 oktyabr kuni Millatlar ligasi 3-turida Italiyani qabul qiladi. Uchrashuv soat 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 15:47. O'qildi: 126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!