Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mbappe tekinga "Real"ga o‘tmoqchi

Mbappe tekinga "Real"ga o‘tmoqchi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.

Xabarlarga ko‘ra, 24 yoshli fransiyalik futbolchi parijliklar bilan kelishuvni 2025 yilning iyun oyi oxirigacha uzaytirish imkonini beruvchi variantdan foydalanmoqchi emas. Ushbu opsiyani faollashtirish imkoniyati o‘yinchida 2023 yil iyul oyi oxirigacha qoladi.

Futbolchining o‘zi 2024 yilning yozida "PSJ"ni tekinga tark etishni o‘ylamoqda. 19 may kuni hujumchi "Real"ning kelasi yilgi transfer bozoridagi asosiy maqsadi ekani xabar qilingandi.

Mbappe "PSJ"da 2017 yilning avgustidan buyon to‘p surmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa uchun barcha musobaqalarda 41 o‘yinda 40 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

Transfermarkt.com saytida Mbappening narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:25 24.05.2023. O'qildi: 2310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!