Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Mbappe: "Puling qancha ko‘p bo‘lsa, muammolar ham shuncha ko‘p bo‘ladi"

Mbappe: "Puling qancha ko‘p bo‘lsa, muammolar ham shuncha ko‘p bo‘ladi"

"Real" va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe hayotdagi muammolar haqida gapirdi. U katta pullar va yaqinlarining o‘zgarishlarini qabul qilishi qiyin bo‘lgan mavzulariga to‘xtaldi.

"Puling qancha ko‘p bo‘lsa, muammolar shuncha ko‘p bo‘ladi. Ba’zi odamlar sening hayoting o‘zgarayotganini ko‘rishmaydi, ular senda haqiqatan ham bir paytlar ular bilan bo‘lgan bola timsolini ko‘rishni davom ettirishni xohlashadi... Lekin sen avvalgidek emassan. Sening vazifang, ishing, mas’uliyating bor.

Agar kimdir sen bilan hayot yo‘lini birga bosib o‘tsa - bu ajoyib hikoya. Katta bo‘lish, cho‘qqilarni zabt etish, oila va mustahkam poydevorga ega bo‘lish juda yaxshi. Lekin ba’zan bu ish bermaydi... Munosabatlaringiz yaxshi bo‘lmagani uchun yaqinlaringiz bilan aloqa uziladi. Bu ko‘plab sportchilar va taniqli shaxslar duch keladigan muammo", - deya Kilian Mbappening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Kiritildi: 23:49 10.09.2025. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!