Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Mbappe "PSJ"ga qarshi sudga bergan arizasini qaytarib oldi

Mbappe "PSJ"ga qarshi sudga bergan arizasini qaytarib oldi

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe advokatlar orqali "PSJ"ga qarshi ma’naviy ta’qib va tovlamachilikka urinish haqidagi arizasini qaytarib oldi. Bu haqda L’Equipe o‘z sahifalarida ma’lum qildi.

Avvalroq, Mbappe 2023 yilda yuzaga kelgan vaziyat tufayli shunday bayonot bergandi. O‘shanda "PSJ" hujumchini ma’lum muddatga jamoadan chetlatgan, o‘shanda Kilian shartnomani uzaytirishni istamasligini aytgandi.

Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, Kilian Mbappe hamon "PSJ"dan 55 million yevroni qaytarib olish niyatida. Gap ish haqi va bonuslar bo‘yicha qarzdorlik haqida ketmoqda. Klub Mbappe erkin agent sifatida ketmaslikka va’da bergani uchun pul to‘lamoqchi emas. Ammo aynan shunday bo‘ldi - Kilian "Real"ga tekinga ketdi.

Kiritildi: Bugun 09:09. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!