Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Mbappe mashg‘ulotlarga kechikdi

Mbappe mashg‘ulotlarga kechikdi

Madridning "Real" klubi bugun YECHL umumiy bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Marsel"ga qarshi o‘yindan oldingi so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.

COPE xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" yulduz hujumchisi va to‘purari Kilian Mbappe mashg‘ulotlarga 2 daqiqa kechikib kelgan.

Hozircha Xabi Alonso fransuzga intizomiy chora qo‘llaydimi yoki yo‘q aniq emas.

Kecha "Barselona" ustozi Xans-Diter Flik Rafinyani o‘yin oldingi jamoa yig‘ilishiga 1 daqiqa kech qolgani uchun "Valensiya" bilan o‘yinda zaxirada qoldirgan edi.

Kiritildi: 19:33 15.09.2025. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!