"Real" hujumchisi Kilian Mbappe klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida "Zalsburg"ga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilmadi.
19 iyun kuni fransuz ichak infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan. 26 yoshli forvardga o‘tkir gastroenterit tashxisi qo‘yilgan. Shu kuni uni Mayami kasalxonasidan chiqarib yuborishdi. Keyinroq Mbappe infeksiya tufayli 5 kg gacha vazn yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi.
"Real" va "Zalsburg" uchrashuvi 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.