Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mbappe har yili "Real"dan 36 million yevroni qurtday sanab oladi

A A A
Mbappe har yili "Real"dan 36 million yevroni qurtday sanab oladi

Yulduz hujumchi Kilian Mbappening "Real"dagi aniq maoshi ma’lum bo‘ldi.

Insayder Ramon Alvares de Monaning ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik hujumchi bonuslarni hisobga olgan holda yiliga 36 million yevro ishlab topadi. Mbappe shu yilning yozida Madrid klubiga kelib qo‘shildi va "PSJ"dan erkin agent asosida "Real" bilan shartnoma imzoladi.

Joriy mavsumda Kilian “Los Blankos” safida 15 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:36 08.11.2024. O'qildi: 932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!