Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Mbappe Fransiya terma jamoasining yana bir yulduzini "Real"da ko‘rmoqchi

Mbappe Fransiya terma jamoasining yana bir yulduzini "Real"da ko‘rmoqchi

Hujumchi Kilian Mbappe "Real" tarkibini yangi futbolchi bilan to‘ldirishga hissa qo‘shmoqchi. Gap qanot vingeri Maykl Olise haqida ketmoqda, Mbappe u bilan birga Fransiya terma jamoasida o‘ynaydi.

Defensa Central nashrining xabar berishicha, Mbappe "Real" bosh skautiga Olise nomzodini tavsiya qilgan. Ayni damda madridliklar futbolchining kelajakdagi transferi bo‘yicha ishlamayapti. Shu bilan birga, "qaymoqranglilar" Oliseni kuzatib bormoqda va kelajakda uni imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Transfermarkt portali 23 yoshli Maykl Oliseni 100 million yevroga baholamoqda. Futbolchining Myunxendagi amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq, Mbappe "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konatega har kuni qo‘ng‘iroq qilishi ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 19:09 07.09.2025. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!