Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
«Real» hujumchisi 7 o‘yinda 13 ta gol urib, bungacha bir mavsumdagi guruh bosqichida eng ko‘p to‘p kiritgan Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi.
«Bavariya» vingeri Maykl Olise va «Real» vingeri Vinisius Junior 6 tadan golli uzatma bilan eng yaxshi assistentlar bo‘ldi.
Darvozabonlar orasida eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan esa «Tottenhem»dan Guliyelmo Vikariodir — u 8 ta bahsning 6 tasida «nol»ga o‘ynadi.