Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Mbappe “Barselona”ga qarshi o‘yinda antirekord qayd etdi

Mbappe “Barselona”ga qarshi o‘yinda antirekord qayd etdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 11-turida “Real” “Barselona”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Madridliklar forvardi Kilian Mbappe uchrashuv davomida 8 marta o‘yindan tashqari holatga tushdi. Shu tariqa fransuz top-5 ligalar ichida 6 yildan buyon o‘zgarmay kelayotgan antirekordni yangiladi. So‘nggi bor 2018 yil noyabr oyida Karim Benzema (“Real”) “Eybar”ga qarshi o‘yinda 7 marta ofsaydga tushgan edi.

Undan tashqari Mbappe o‘yindan tashqari holatga tushish bo‘yicha o‘z antirekordini ham o‘rnatdi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian joriy mavsum La Ligada 10 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 23:44 27.10.2024. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!