Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Mbappe 100 foiz tayyor

Mbappe 100 foiz tayyor

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 final bosqichida «Yuventus»ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera oladi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Fransiyalik forvard sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli AQSh stadionlarida o‘tayotgan musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etmagandi. Pley-offda esa u maydonga tusha olishi aytilmoqda.

«Qirollik klubi» o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab, 1/8 finalga yo‘l oldi va endi Turinning «Yuventus» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 1 iyuldan 2 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:41 28.06.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!