Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

MB soliqdan qarzlarni plastik kartochkadan so‘zsiz undirishga qarshi chiqdi

A A A
MB soliqdan qarzlarni plastik kartochkadan so‘zsiz undirishga qarshi chiqdi

Markaziy bank soliq bo‘yicha qarzlarni so‘zsiz plastikdan undirishga oid rasmiy bayonot berdi.

Bugungi kunda, jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini ularning bank kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi bo‘yicha qonuniy va shaffof mexanizm mavjud emasligi sababli, Markaziy bank qayd etilgan hujjat loyihasini qonun hujjatlariga, xususan Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiqligini ta’minlash lozim deb hisoblaydi.
Qanday ezgu maqsad ko‘zlangan bo‘lishidan qat’i nazar, idoraviy manfaatlar boshqa tarmoqlar yoki butun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta’sir yetkazmasligi zarur , - deyiladi rasmiy bayonotda

Markaziy bank, o‘z navbatida, taklif etilayotgan o‘zgartirishlarga bank siri va bank tizimiga bo‘lgan to‘laqonli ishonchni saqlab qolish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida gi qaror loyihasi joylashtirilgan edi.

Kiritildi: 14:00 20.12.2018. O'qildi: 1530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!