Kongo Demokratik Respublikasida maymunchechak kasalligini keltirib chiqaruvchi mpox virusiga qarshi birinchi emlash kampaniyasi boshlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ushbu mamlakatdagi vakolatxonasi o‘zining X sahifasida xabar berdi .
«Kongo DR Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z hamkorlari, shu jumladan Kongo DRdagi JSST ko‘magida Shimoliy Kivu provinsiyasining Goma shahrida mpox virusiga qarshi birinchi emlashni boshlaydi. », deyiladi bayonotda.
Ularning eslatishicha, joriy yilda mamlakatda ushbu virus bilan kasallangan 30 mingdan ortiq holat qayd etilgan.