Afsonaviy amerikalik basketbolchi Maykl Jordanning 1998 yilgi Milliy basketbol assosiasiyasi finalidagi formasi tarixda uchinchi marta 10 million dollardan ortiqqa sotildi.
Hunt Auctions portali bu haqda xabar berdi. Xabarga ko‘ra, "Chikago Bullz" va "Yuta Djazz" seriyasining 2-o‘yinida Jordanning imzosi qo‘yilgan forma rekord darajadagi 14 million dollarga sotildi.
Jordanning "Chikago"ga seriyani (1:1) durang o‘ynashga yordam bergan qizil formasini ko‘chmas mulk investori, mayamilik biznesmen Ron Firman sotib oldi. 2022 yilgi seriyaning 1-o‘yinidagi forma 10,1 million dollarga, 3-o‘yindagi forma esa sentyabr oyi oxirida kimoshdi savdosida deyarli 12,3 million dollarga sotildi.
Rekord narx Nyu-York Yankiz beysbolchisi Beyb Rutning 1932 yilgi Jahon seriyasining 3-o‘yinidagi formasiga (2024 yilda 24,12 million dollar) tegishli.
Jordan "Bulls" bilan olti karra NBA chempioni, ikki karra Olimpiya o‘yinlari oltin medali sovrindori, Shon-sharaf zaliga a’zo va liga tarixidagi eng sermahsul to‘purarlardan biri bo‘lgan. Jordan oltinchi NBA chempionligini qo‘lga kiritgan 1997–98 yilgi mavsum jamoa haqidagi "So‘nggi raqs" hujjatli serialining mavzusi bo‘lib, u 2020 yilda efirga uzatilgan.