"Triller" promouterlik kompaniyasi sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Taysonni sudga berdi.
Tashkilot Mayk Taysonga Evander Xolifildga qarshi jang uchun 25 million dollar to‘lagan. Ammo, jang Mayk Taysonning aybi bilan bekor bo‘lgan.
"Triller"dan boshqa hech kim pandemiya paytida bir jang uchun 25 million dollar to‘lamaydi. Biz esa shuncha pulni unga to‘ladik, oxirgi tangasigacha", - deydi "Triller" bosh direktori Rayan Kavano.
Direktorning qo‘shimcha qilishicha, Mayk Tayson "Triller" ishtirok etmaydigan janglarda ham qatnashishga urinmoqda. Sudga arz qilinishiga ushbu sabab ham qo‘shimcha bo‘lgan.