Boks afsonasi Mayk Tayson kecha bloger-bokschi Jeyk Polga qarshi o‘tkazilgan sakkiz raundlik jangda ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
58 yoshli Temir Mayk o‘zini mag‘lub hisoblamasligini aytib, bu fikrini izohlab berdi.
"Har qanday holatda ham men o‘zimni yutqazdi deb hisoblamayman. Kechagi oqshomdan minnatdorman. Ringda so‘nggi jangimni shu tarzda o‘tkazganimdan hech qanday afsuslanish holati bo‘lmadi. Aslida iyun oyida o‘lishimga bir bahs qolgandi. Sakkiz marotaba qonimni almashtirishga to‘g‘ri keldi. Kamiga 25 funt vazn yo‘qotdim. Kasalxonada hayot uchun kurashdim. Natijada tuzalib, ko‘pchilik kutgan jangda ringga chiqdim. Dallas Cowboy stadionini muxlislar bilan to‘lishiga va buning natijasida rekord qayd etilishiga sababchi bo‘ldim. Sakkiz raund davomida o‘zimdan ikki barobar yosh bokschiga qarshi munosib jang o‘tkazdim. Hammaga rahmat", - dedi Tayson.