UYEFA rasmiy sayti 2019/20 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi murabbiy nomi uchun nomzodlar uchligini e’lon qildi.
UYEFAning yakuniy uchlik ro‘yxatidan Yurgen Klopp («Liverpul»), Xans-Diter Flik («Bavariya») va Yulian Nagelsman («Leypsig») singari murabbiylar joy olgan. E’tiborlisi, uchala murabbiy ham germaniyalik.
«Liverpul» Klopp qo‘l ostida katta farq bilan Angliya chempioniga aylangan bo‘lsa, «Bavariya» Flik murabbiyligida Bundesliga, Germaniya kubogi va YECHLda g‘olib chiqib, trebl qayd etdi. «Leypsig» esa yosh mutaxassis Nagelsman boshqaruvida ilk marta Chempionlar ligasi yarimfinaliga qadar yetib keldi. G‘olib nomi 1 oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Mavsumning top-10 murabbiylar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:
4. Tomas Tuxel («PSJ») – 76 ovoz
5. Jan Pyero Gasperini («Atalanta») – 68 ovoz
6. Xulen Lopetegi («Sevilya») – 57 ovoz
7. Rudi Garsiya («Lion») – 32 ovoz
8. Zinedin Zidan (Real) – 25 ovoz
9. Xosep Gvardiola (Manchester Siti) – 11 ovoz
10. Antonio Konte (Inter) – 9 ovoz.