Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Masofadan ishlash vaqtida NASA shtab-kvartirasini suvaraklar egallab oldi

Masofadan ishlash vaqtida NASA shtab-kvartirasini suvaraklar egallab oldi

Vashingtondagi NASA xodimlari masofadan turib ishlagandan so‘ng o‘z ofislariga qaytishdi va u yerda suvaraklar to‘dasiga duch kelishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Prezident Donald Tramp avvalroq hukumat xodimlariga koronavirus pandemiyasi davrida joriy etilgan masofaviy ishlardan ofislarga qaytishni buyurgan edi. Qayd etilishicha, bu qaror ko‘plab davlat idoralarini hayratda qoldirgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, NASA shtab-kvartirasida mutlaq tartibsizlik ro‘y bermoqda: kranlardan tarakanlar va boshqa hasharotlar sudralib chiqmoqda, xodimlarning ish stoli va kompyuterlari yetarli emas.

Vashingtondagi davlat soliq idorasida ba’zi xizmatchilar polda o‘tirishlari kerak, boshqalari esa orqa xonada ishlashlari va o‘z telefonlaridan vay-fay tarqatishlari kerak.

Ba’zi kasaba uyushmalari ish joyiga qaytish tartibini xaotik tarzda amalga oshirish ish joyida stressni keltirib chiqarish va ko‘proq federal ishchilarni ishdan bo‘shatishga majbur qilish uchun ataylab qilingan hiyla deb hisoblashadi.

Kiritildi: 23:07 16.03.2025. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!