Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Ilon Mask sun’iy intellekt bo‘yicha tajribalarni to‘xtatishga chaqirdi

Ilon Mask sun’iy intellekt bo‘yicha tajribalarni to‘xtatishga chaqirdi

Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask, Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak va mingdan ortiq ekspertlar ilg‘or sun’iy intellekt rivojlanishini to‘xtatishga chaqiruvchi ochiq xatni imzoladilar. Maktub matni Future of Lige instituti tomonidan chop etilgan.

Maktub mualliflari sun’iy intellektni ishlab chiquvchilarni OpenAI, GPT-4 dan kuchliroq tizimlar ustida ishlashni kamida olti oyga zudlik bilan to‘xtatishga chaqirishdi. Maktubni imzolagan ekspertlar va soha rahbarlari umumiy xavfsizlik protokollari o‘rnatilgunga qadar jarayonlar to‘xtatilishi kerak, deb hisoblamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, agar soha bo‘yicha mashg‘ulotlarni tezda to‘xtatib bo‘lmasa, rasmiylar aralashib, moratoriy qo‘yishi kerak.

Maktub mualliflarining fikricha, hatto eng kuchli raqamli sun’iy ong yaratuvchilar ham ularni boshqara olmay qoladi va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari odamlar bilan raqobatlasha boshlaydi.

Kiritildi: 03:56 30.03.2023. O'qildi: 1729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!