Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Mask Vensning ta’siri ostida o‘z partiyasini yaratish g‘oyasidan voz kechdi

Mask Vensning ta’siri ostida o‘z partiyasini yaratish g‘oyasidan voz kechdi

AQSh vise-prezidenti Djey Di Vens biznesmen Ilon Maskning o‘z siyosiy partiyasini yaratishiga to‘sqinlik qilishda muhim rol o‘ynadi.

Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Djey Di Vens Mask va uning ittifoqchilari bilan faol aloqani davom ettirib, biznesmenning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yozgi ommaviy mojarodan keyin munosabatlarini tiklashga qaratilgan imtiyozlarni taklif qilgan. Xususan, Vens Maskning kosmik sanoati va texnologiya biznesi bilan bog‘liq lavozimlarga asosiy nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashga, jumladan, Jared Isaasmanning NASA ma’murligiga nomzodini muvofiqlashtirishga e’tibor qaratdi.

Nashrning ta’kidlashicha, Vens va Maskning shaxsiy do‘stligi, shuningdek, umumiy texnologik manfaatlar vise-prezidentni mojaroda vositachilik qilish uchun juda mos bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, Tramp va Mask o‘rtasida erishilgan tinchlik mo‘rtligicha qolmoqda, biroq Respublikachilar partiyasini moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga allaqachon ta’sir o‘tkazmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!