Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder Ilon Mask AQSh prezidentiga ham uning maslahatchilari orqali ta’sir o‘tkazishga, ham Donald Tramp bilan shaxsan bu haqda suhbatlashishga uringan. Biroq Maskning sa’y-harakatlari natija bermadi. Dushanba kuni Tramp Xitoydan import uchun allaqachon joriy etilgan 34 foizlik bojga yana 50 foiz qo‘shish bilan tahdid qildi.
Ilon Mask bir necha bor iloji boricha erkin xalqaro savdo tarafdori ekanligini ta’kidlagan. Jumladan, dam olish kunlari hukumat koalisiyasiga kiruvchi Italiyaning o‘ng konservativ "Liga" partiyasi qurultoyida videoaloqa orqali so‘zga chiqqan Tesla egasi AQSh va Yevropa o‘rtasidagi savdo tariflarini bekor qilishga chaqirdi.
5 aprel kuni Mask tarif rejalarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan amaldor – Oq uyning savdo maslahatchisi Piter Navarroni tanqid qildi.
"Garvardda iqtisod bo‘yicha doktorlik darajasi yaxshi emas, aksincha yomon", – deb X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi biznesmen.
Tesla aksiyalarining narxi 7 aprel kuni savdo yakunida taxminan 233 dollarni tashkil etdi, bu 2025 yil boshidagi ko‘rsatkichdan qariyb 40 foiz pastroqdir.