"O‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi ba’zi postlarimdan afsusdaman. Ular haddan oshish darajasida edi", — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Amerikalik milliarder gap aynan qaysi postlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
5 iyun kuni Ilon Mask Donald Trampning nomi moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarda tilga olingani haqida post joylagandi. Epshteyn voyaga yetmaganlar bilan jinsiy munosabatlarda ayblangan edi. Biroq 7 iyunga kelib, Mask bu postni o‘chirib tashladi.
Ilon Mask va Donald Tramp o‘rtasidagi ijtimoiy tarmoqlardagi tortishuv Mask respublikachilar taklif qilgan “soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi qonun loyihasi”ni tanqid qilganidan keyin yuzaga keldi. U bu qonun AQSh byudjeti tanqisligini yanada kuchaytirishini aytgan edi.