SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Mask narkotik moddasi bo‘lgan ketamin qabul qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Bu haqda biznesmen "X" ijtimoiy tarmog‘ida The New York Times (NYT) gazetasi maqolasini tanqid qilgan holda ma’lum qilgan.
"Men giyohvand moddalarni iste’mol qilmayman! The New York Times (NYT) yolg‘on ma’lumotlarni beradi. Men ketaminni bir necha yil oldin resept bo‘yicha sinab ko‘rdim va X ijtimoiy tarmog‘ida shunday dedim, shuning uchun bu hatto yangilik ham emas... Men uni o‘shandan beri qabul qilmadim" - dedi u.
30 may kuni The New York Times (NYT) nashrining yozishicha, Mask AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida tez-tez giyohvand moddalarni iste’mol qilgan. Nashr, shuningdek, Mask ketamin va boshqa moddalarni iste’mol qilgani va u dori qutisi bilan sayohat qilgani, boshqa narsalar qatori tarkibida stimulyator ham borligini ta’kidlagan. Biroq, DOGE rahbari davlat xizmatchisi sifatida Oq uyda doimiy qolishi paytida giyohvand moddalarni iste’mol qilganmi yoki yo‘qligi aniq emas, deb yozadi jurnalistlar.
Mask Tramp ma’muriyatidagi faoliyatini yakunladi va DOGE rahbari lavozimini tark etadi. Qaror Oq uyda byudjet siyosatining asosiy masalalari bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida qabul qilindi. Mask AQSh prezidentiga “behuda sarf-xarajatlarni qisqartirish imkoniyati” uchun minnatdorchilik bildirdi va departament faoliyatini davom ettirishiga ishonch bildirdi.