Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mask: Insoniyat 5-7 yildan keyin Marsni mustamlaka qilishni boshlaydi

Mask: Insoniyat 5-7 yildan keyin Marsni mustamlaka qilishni boshlaydi

Bu haqda tadbirkor X.dagi sahifasida yozgan.

"Ha. Bu ikkinchi yoki uchinchi uchirish oynasida (koinot raketasini uchirish uchun mos vaqt – tahr. ) Yer-Mars, ya’ni taxminan 5-7 yildan keyin sodir bo‘ladi", — deya ta’kidladi u.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, asosiy savol – texnologiya rivojlanishining hozirgi darajasi Yerdan yuk yetkazib berish to‘xtatilgan taqdirda ham Marsda inson tsivilizatsiyasining avtonom yashashi va rivojlanishini ta’minlash uchun yetarlimi yoki yo‘qmi. Aks holda, "Mars o‘lib ketadi", deb xulosa qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Mask 15 mart kuni 2026 yil oxirida Marsga insonsimon Optimus roboti bilan Starship kosmik kemasi uchirilishini e’lon qilgan edi .

Ishlab chiquvchining rejalariga ko‘ra, Starship kosmik tizimi universal bo‘lib, Yerga yaqin orbitaga boshqariladigan parvozlar, sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish va Oy va Marsga, shuningdek, uzoqroqdagi samoviy jismlarga missiyalarni amalga oshirish uchun turli versiyalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi. Qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Super Heavy kuchaytirgichi va Starship Yerga vertikal qo‘nish uchun mo‘ljallangan. Amaldagi loyihaga ko‘ra, kosmik tizimning umumiy balandligi 121 m (shu jumladan, kema - 50 m, tezlatgich - 71 m), diametri 9 m, yuk ko‘tarish quvvati 100-150 tonnani tashkil qiladi.

Kiritildi: 04:28 18.03.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!