Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Yevropa Ittifoqida demografik inqiroz muqarrar, degan fikrni bildirdi.
Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida 1960 yildan beri Yevropa Ittifoqida tug‘ilishning rekord darajada pastligi haqidagi nashrga sharhida yozgan.
“Tug‘ilish ko‘rsatkichlari tushishda davom etmoqda. Aholi sonining qisqarishi muqarrar», — deya Maskning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.