Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mashinasiga 200 kilodan ziyod narkotik ortgan diplomat qo‘lga tushdi — Bolgariya

Mashinasiga 200 kilodan ziyod narkotik ortgan diplomat qo‘lga tushdi — Bolgariya

Bolgariyada diplomatning mashinasiga ortilgan 200 kilogrammdan ziyod giyovandlik moddasi musodara qilindi. Ta’kidlanishicha, mamlakat tarixida bunchalik yirik narkotik partiyasi birinchi marta fosh qilindi.

«Kapitan-Andreevo chegara-o‘tkazish punktidagi tekshiruvda Kongo Respublikasi diplomati ketayotgan mashinadan 205,94 kilogramm kokain chiqdi», — deyiladi xabarda. Avtomobil Turkiyadan kelayotgan bo‘lgan.

Narkotiklar beshta jomadonga joylangan. Qo‘lga olingan og‘u qiymati $22,4 mlnga baholangan.

Diplomat bilan birga, mashinada bo‘lgan belgiyalik ayol hamda Bolgariya fuqarosi — haydovchining qo‘liga ham kishan taqilgan.

Kiritildi: 17:10 21.07.2025. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!