Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

«Mashina vasvasasi»: Shavkat Mirziyoyev sha’nini masxara qilmang

«Mashina vasvasasi»: Shavkat Mirziyoyev sha’nini masxara qilmang

So‘nggi paytlarda internetda g‘alati muhim hukm surmoqda. Afsuski, bularni ko‘rib, taajjubga tushasiz, qalbingiz og‘riydi.

Ehtimol, hozir yozadiganlarim unchalik jiddiy muammo emasdir, ammo… Bir o‘zbek xato ish qilsa, sharmandagarchilikka yo‘l qo‘ysa, istaymizmi, yo‘qmi, buning dog‘i o‘zbek xalqi, millatiga ham tegadi. Busiz iloji yo‘q.

Hozirgina tashqarida ish bilan biroz yurdim. Ish bilan bir tashkilotga kirdim. Qarasam, bir rus ayol jon kuydirib nimalardir dedi. «Bu o‘zbeklar nimalar qilyapti-ya mashina uchun?», deganini eshitib, qiziqdim. Ular telefonda bir ayol kishining «she’r» aytgani aks etgan videoni eshitishayotgan ekan. Men ham eshitdim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga atab yozilgan «she’r» emish. Aslida, she’r ham emas, qandaydir talvasada aytilgan, ko‘pirtirilgan, qolipga sig‘mas darajadagi maddohlik. (Inson sha’niga, shaxsiga daxl qilmaslik uchun videoni joylamadik).

Shunda rus ayolining savoli meni ham o‘ylantirdi: «O‘zbeklar nimalar qilyapti-ya mashina uchun?» Yoki hukumatimiz ayrim tashabbuslar, ijodiy yangiliklar uchun mashina beraverib, xalqni shunga o‘rgatib qo‘ydimikin? Mehnat qilib, tashabbus ko‘rsatib, arzirli yangilik qilib, mashina olsin, e’tirozimiz yo‘q. Ammo masxarabozliklar, ko‘r-ko‘rona maddohliklar o‘zbek xalqiga yarasharmikin? «Bu uning shaxsiy ishi», dersiz, xo‘p. Lekin xalq sha’niga dog‘ bo‘ldimi, millat nomusiga rahna soldimi, u ish shaxsiy bo‘lmaydi, shaxsiylik doirasidan chiqadi.

Alloh bersa, banda istalgan narsasiga erishadi u uy bo‘ladimi, mashina bo‘ladimi yoki boshqa boylikmi? Prezidentimiz tomonidan kimga mashina berilgan bo‘lsa, bu, avvalo, Yaratganning xohish-irodasi bilan bo‘lgan. Shuning uchun, bandasiga sig‘ingandan ko‘ra Allohdan so‘raylik. Ibodatimizni kanda qilmaylik, shunda Alloh niyatlarimizga erishtiradi. Aytiladi-ku «Xudo xor qilganni bandasi bor etolmas, Xudo yor bo‘lganni bandasi xor etolmas». Insofni har kimning o‘ziga bersin.

Nizomjon ISLOMOV

 

 

Kiritildi: 17:06 21.06.2019. O'qildi: 7258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!