Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mashhur murabbiy terma jamoa mashg‘uloti vaqtida yurak xurujiga uchradi

Mashhur murabbiy terma jamoa mashg‘uloti vaqtida yurak xurujiga uchradi

Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku milliy jamoa mashg‘uloti paytida hushidan ketdi. GSP nashrining Ruminiya futbol federasiyasidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, 80 yoshli mutaxassisda yurak xuruji yuz bergan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ruminiya terma jamoasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Lucheskuning holati barqarorlashgan, u shifoxonada va ko‘rikdan o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ruminlar JCH-2026 saralashining o‘tish o‘yinida Turkiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib (0:1), turnir yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishgan edi.

31 mart kuni Luchesku shogirdlari Slovakiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

Kiritildi: Bugun 16:42. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!