Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Noma’lum yakunli, keng ko‘lamli keskinlashuv"

"Noma’lum yakunli, keng ko‘lamli keskinlashuv"

Germaniya kansleri Trampni tanqid qilib, muloqotni OAV orqali emas, yuzma-yuz olib borishga chaqirdi

Fridrix Mers Frankfurt-na-Maynda bo‘lib o‘tgan "FAZ-Kongress 2026" konferensiyasida AQSh prezidentining Eronga qarshi urush doirasidagi harakatlari nafaqat bevosita jabrlanuvchilarga, balki "barchamiz uchun" xavf tug‘dirayotganini ma’lum qildi.

"Trampning hozirgi qadamlari vaziyatni yumshatishga qaratilgan tinchlik yo‘li emas, balki oqibati noma’lum bo‘lgan masshtabdagi eskalasiyadir", – dedi u.

Germaniya hukumati rahbari Tehrondagi rejimni ag‘darishga qaratilgan urinishlar muvaffaqiyat qozonishiga shubha bilan qaradi.

"Agar maqsad shu bo‘lsa, ular bunga erisha olishiga ishonmayman. Odatda bunday urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi", — deydi Fridrix Mers.

U shuningdek, Eronga qarshi urush oqibatlari Yevropaga ham soya solishini, 3000 km dan ortiq masofaga uchuvchi Eron raketalari esa "biz o‘zimizni himoya qilishimiz shart bo‘lgan jiddiy tahdid" ekanini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, Mers Tramp bilan telefon orqali gaplashganda, unga muzokaralarni media orqali yuritmaslikni aytganini ochiqladi.

"Men Trampga aytdim: agar bizning yordamimiz kerak bo‘lsa, bu haqda gazetalardan emas, bizdan so‘rasin. Muloqotning bunday tarzini biz qabul qilolmaymiz va bunga yo‘l qo‘ymaymiz", — deya keskin ta’kidladi kansler.

Kiritildi: 23:44 28.03.2026. O'qildi: 344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!