Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Chust tumanida korrupsion zanjir fosh etildi

Chust tumanida korrupsion zanjir fosh etildi

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chust tumanida korrupsion zanjir fosh etildi.

Tezkor tadbirda Chust tumanida yashovchi ayol (1992 y.t.) qo‘lga olindi. U savdo sohasidagi MCHJ ish yurituvchisining ishonchiga kirib, MCHJning 376,6 mln so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini soliq tizimidagi tanishlari orqali «yopib berish»ni va’da qilib, evaziga 20 mln so‘m talab qilgan va shu pulni olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi.

Dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu noqonuniy sxemaning orqasida Chust tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori turgan. U o‘z xizmat vakolatidan foydalangan holda tadbirkorning qarzdorligini bartaraf etishga va’da bergan va buning uchun ayol orqali pul so‘ragan.

Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:16 28.03.2026. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!