U yil davomida Applening yangi qurilmalari haqidagi sizib chiqqan ma’lumotlarni birinchilardan bo‘lib joylab borayotgan edi.
Majin Applening kuzgi taqdimotidan taxminan bir oy oldin yangi postlar qo‘yishni to‘xtatdi. Hozirda uning X dagi (twitter) akkaunti o‘chirib tashlangan. Shu bilan birga, Majin Bu ning barcha insaydlari to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Ko‘pchilik Applening ma’lumot sizib chiqishiga qarshi qanchalik qattiq kurashishini esladi. Kompaniya mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash uchun sobiq maxsus xizmat xodimlari mas’ul. Shu sababli, eng mashhur nazariya: Majinni topib, uni sud bilan qo‘rqitishgan.