Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Mashhur fransuz xonandasi va aktrisasi Mari Lafore 80 yoshida vafot etdi

A A A
Mashhur fransuz xonandasi va aktrisasi Mari Lafore 80 yoshida vafot etdi

Mashhur fransuz xonandasi va aktrisasi Mari Lafore Shveysariyada vafot etdi.

Maytena Mari Brijitt Dumenak (asl ism-sharifi) Shveysariyaning Jenolye shahrida 80 yoshida olamdan o‘tdi. U bu yerda sahnadan ketganidan so‘ng yashayotgandi.

Lafore qo‘shiqchilik va aktrisalik faoliyati davomida 42 ta albom chiqargan. 

Mari Lafore xonanda sifatida 1963 yilda "Les vendanges de l'amour"  qo‘shig‘ini ijro etish bilan mashhur bo‘ldi. 1966 yilda san’atkor birinchi marta o‘zining eng mashhur qo‘shig‘i — "Manchester et Liverpool"ni ijro etdi.

Aktrisa 35 ta filmda suratga tushgandi. Ular orasida fransuz kinosining mashhur yulduzlari Alen Delon va Jan-Pol Belmondo ishtirokidagi filmlar ham bor.

 

 

Kiritildi: 09:40 05.11.2019. O'qildi: 3616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!