Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Mashhur dorboz Tursunali Mamajonov vafot etdi

A A A
Mashhur dorboz Tursunali Mamajonov vafot etdi

Bugun, 28 iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Vodil chinori» xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Tursunali Mamajonov 1949 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

U Farg‘ona viloyati hayvonot bog‘i tashabbuskori, faxriy ekolog bo‘lgan.

Uzoq yillar mobaynida Shohimardonda tomoshalar ko‘rsatib kelgan. 1-darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan, shuningdek «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Kiritildi: 15:33 28.07.2024. O'qildi: 2040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!