Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Mashhur aktrisa Mishel Traxtenberg vafot etdi

Mashhur aktrisa Mishel Traxtenberg vafot etdi

Mashhur amerikalik aktrisa Mishel Traxtenberg 26 fevral kuni Nyu-Yorkdagi uyida vafot etdi. Bu haqda polisiya ma’lumotlariga tayanib NBC xabar berdi.

Nyu-York polisiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, ertalab soat 08:00 atrofida favqulodda xizmatlar chaqirilgan. Voqea joyiga yetib kelgan polisiya xodimlari 39 yoshli ayolni hushsiz holatda topdi.

Shifokorlar aktrisaning vafot etganini tasdiqlashdi. Polisiya xodimlari qasddan qotillik ehtimolini istisno qildi.

Nyu-York shahar tibbiy ekspertizasi idorasi o‘limning aniq sababini aniqlash uchun tergov olib bormoqda.

Mishel Traxtenberg tomoshabinlarga «Gossip Girl» ("G‘iybatchi qiz") va «Buffy the Vampire Slayer» ("Vampir qotili Baffi") seriallaridagi rollari bilan tanilgan.

Kiritildi: 16:51 27.02.2025. O'qildi: 1521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!