Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Masharipov Krishtianu bilan munosabati haqida gapirdi

Masharipov Krishtianu bilan munosabati haqida gapirdi

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyanga intervyu berib, «An-Nasr»dagi Krishtianu Ronaldu bilan munosabati haqida gapirdi.

«Men 7-raqamli libosni Ronalduga berishni istamaganim haqidagi gaplar yolg‘on. O‘shanda «An-Nasr» prezidenti meni chaqirib, ular Ronaldu bilan muzokara olib borayotgani va u kelishi mumkinligini aytishgandi. O‘shanda Krishtianu kelsa, unga 7-raqamli libosni topshirishim kerakligini darhol tushungandim. Rahbariyat ham bu to‘g‘ri qaror bo‘lishini aytishdi. Ularga hech shubhasiz 7-raqamni unga topshirishimni, u eng hurmatga loyiq buyuk o‘yinchi ekanini aytdim. Dunyoda faqat ikkita top-futbolchi bo‘lsa biri Ronaldu, biri Messi. O‘shanda ko‘p joyda o‘zim haqimda yozilgan turli noto‘g‘ri gaplarga ko‘zim tushdi, go‘yoki men 7-raqamni berishni istamagan ekanman, Ronaldu meni jamoadan chetlatmoqchi bo‘lgan ekan. Ammo bu gaplar yolg‘on edi.

Jamoadan ketganimdan keyin ham Ronalduga qarshi OCHL o‘yinida maydonga tushganimda ham, u yonimga kelib men bilan juda yaxshi munosabatda bo‘ldi, o‘zaro suhbatlashdik. U meni qattiq hurmat qiladi», - dedi Jaloliddin Masharipov.

Eslatib o‘tamiz, Masharipov 2021-23 yillar davomida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» sharafini himoya qilgan edi.

Kiritildi: 23:47 24.06.2025. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!