AQSh Davlat kotibi Hindiston va Pokistonni o‘rtadagi ziddiyatni yumshatish uchun o‘zaro hamkorlikka chorladi.
Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
"Marko Rubio Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar hamda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefonda muloqot qildi. Davlat kotibi Vashington Hindistonni ekstremizmga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashini, Pokiston esa bahsli Kashmir hududida 26 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt bo‘yicha tergovda Hindiston bilan hamkorlik qilishi kerakligini bildirgan", deyiladi xabarda.