Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Marko Rubio 2028 yilgi saylovlar uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda

Marko Rubio 2028 yilgi saylovlar uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida “jiddiy nomzod” sifatida ko‘rila boshlandi. Bu haqda Politico nashri Oq uy manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Marko Rubio ning asosiy ustunliklari orasida tashqi mojarolarni hal qilishdagi tajribasi va siyosiy xavflardan qochish qobiliyati bor.

Shuningdek, uning Donald Trampga sodiqligi va xalqaro masalalardagi faolligi pozisiyasini mustahkamlagani ta’kidlanmoqda.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasi (CPAC) o‘tkazgan so‘rovda Rubio reytingi 2025 yildagi 3 foizdan 35 foizgacha oshgan.

Ayni paytda, Jey Di Vens reytingi pasaygan bo‘lsa-da, u hali ham ehtimoliy nomzodlar orasida yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Rubioning siyosiy sahnadagi faolligi uni 2028 yilgi saylovlar uchun asosiy raqobatchilardan biriga aylantirmoqda.

Kiritildi: 20:41 25.04.2026. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!