Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Markaziy razvedka boshqarmasining yangi direktori AQShning asosiy raqiblarini e’lon qildi: Xitoy va Rossiya

A A A
Markaziy razvedka boshqarmasining yangi direktori AQShning asosiy raqiblarini e’lon qildi: Xitoy va Rossiya

AQSh Senati MRB direktori lavozimiga Jon Retkliff nomzodini tasdiqladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Trampning birinchi muddati davrida u AQSh milliy razvedkasi direktori lavozimini egallagan.

Munozaralar paytida J.Retkliff xizmat xodimlarini Tramp siyosatini o‘tmishda tanqid qilgani va baholagani uchun ta’qib qilmaslikka so‘z berdi.

MRBning yangi direktori fikricha, AQShning strategik raqiblari Rossiya va Xitoydir. Bundan tashqari, u Amerika razvedka xizmati xodimlarining hayotiga suiqasd sifatida qaralayotgan "Gavana sindromi" deb nomlanuvchi tergovni oxiriga yetkazishni va’da qildi.

Kiritildi: 21:48 24.01.2025. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!