Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Skott Ritter Glenn Diesen YouTube kanali efirida Ukraina o‘ziga o‘zi tegishli emasligi va shu sababli mojaroni hal qilish bo‘yicha tinchlik bitimi tuzmasligiga ishonch bildirdi.
"Tinchlik bo‘lmaydi. Menimcha, tinchlik rejasi ham bo‘lmaydi. Chunki Ukraina o‘z-o‘ziga tegishli emas, boshqa manfaatlar ham bor," - dedi u.
Ritterning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiyani mag‘lub etishga urinish uchun shunchaki vosita.