Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) COVID-19 pandemiyasi Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan virus sizib chiqishi tufayli boshlangan deb hisoblaydi. Bu haqda The New York Times xabar berdi .
Bir necha yil davomida Markaziy razvedka boshqarmasi virus hayvonlardan odamlarga tabiiy ravishda o‘tganmi yoki laboratoriyadan sizib chiqqanmi yoki yo‘qligini aniqlash uchun yetarli ma’lumotlarga ega emasligini ilgari surgan.
Manbalarning The New York Times nashriga aytishicha, agentlikning fikri o‘zgargani yangi razvedka ma’lumotlari bilan emas, balki mavjud ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qilish bilan bog‘liq. Ushbu tahlil AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden boshqaruvi davrida boshlangan va uning natijalari Markaziy razvedka boshqarmasining yangi direktori Jon Ratkliff tashabbusi bilan e’lon qilingan .