Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Markaziy Osiyoda ilk bor pop va soul musiqasi yulduzi Jon Ledjend chiqish qiladi

Markaziy Osiyoda ilk bor pop va soul musiqasi yulduzi Jon Ledjend chiqish qiladi

2026 yil 8 iyun kuni Samarqand shahridagi dunyoning eng ta’sirchan va tarixiy maydonlaridan biri — Registon maydonida mashhur amerikalik xonanda, qo‘shiq muallifi va nufuzli musiqiy mukofotlar sohibi Jon Ledjendning konserti bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan mamlakatning yirik madaniy va turistik tadbirlar uchun jahon miqyosidagi maydon sifatidagi nufuzini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Jon Ledjend ijodiga xos bo‘lgan muhabbat, tinchlik va o‘zaro anglashuv g‘oyalari Samarqandning betakror me’moriy yodgorliklari bag‘rida yanada o‘ziga xos yangraydi. Registon maydonidagi konsert nafaqat yorqin musiqiy bayram, balki tarixiy meros va zamonaviy jahon madaniyati o‘rtasidagi muloqot ramziga aylanadi.

Tadbir mehmonlari uchun qulaylik yaratish maqsadida tashkilotchilar va Uzbekistan Airways hamkorligida Toshkent Samarqand Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnov tashkil etilgan. Samarqandga yetib kelish vaqti 11:55 etib belgilangan bo‘lsa, konsert yakunlanganidan so‘ng Toshkentga qaytuvchi reys soat 01:00 da amalga oshiriladi.

Kiritildi: Bugun 16:54. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!