Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar shartlarini ma’lum qildi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar shartlarini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda Ukrainadagi mojaro bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun harbiy harakatlarni to‘xtatib turishga hojat yo‘qligini bildirdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya xalqining vatanparvarligi va irodasi maxsus harbiy operasiyaning barcha maqsadlariga erishishning asosiy shartidir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukrainada tinchlik shartnomasini imzolaydigan odamlarni topadi.

Putin, shuningdek, Kiyev tomonidan nasizmning qayta tiklanishi hamma uchun tahdid ekanini va Rossiyaning Yevropa yoki NATO bilan jang qilish uchun hech qanday sababi yo‘qligini qo‘shimcha qildi. Hozirda Rossiya va Yevropa o‘rtasida razvedka kanallari orqali aloqalar davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 21:11. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!