Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Markaziy Osiyo va Xitoy fuqaro aviasiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantiradi

Markaziy Osiyo va Xitoy fuqaro aviasiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantiradi

Ma’lumki, joriy yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi o‘rtasida “Havo ipak yo‘li”ni birgalikda barpo etish to‘g‘risida kelishuv imzolangan edi.

Vazirlik xabar berishicha, ushbu hujjatda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Xitoyning Sian shahrida “C5+1 Xitoy –Markaziy Osiyo fuqaro aviasiyasi” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlari aviasiya idoralari va korxonalari vakillari, Xitoy tomonidan Fuqaro aviasiyasi ma’muriyati, COMAC fuqaro aviasiyasi havo kemalari ishlab chiqarish korxonasi, qator aviakompaniyalar hamda Xitoy aeroportlarini boshqaruvchi davlat tashkilotlari mutaxassislari qatnashdi.

O‘zbekiston tomonidan konferensiyada Transport vazirligi Havo transporti boshqarmasi hamda Fuqaro aviasiyasi agentligi rahbariyati, xodimlari qatnashdi.

Tadbir davomida delegasiyamiz tomonidan O‘zbekistonda fuqaro aviasiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Xitoy hamda qo‘shni mamlakatlar bilan aloqani yanada yaxshilashga qaratilgan kelgusi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad tarixiy Buyuk ipak yo‘li asosida havo ipak yo‘lini barpo etish, iqtisodiy hamkorlik, havoda tashuv bozorini liberallashtirish, havo qatnovi orqali mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, yo‘lovchi va yuk oqimi, tovar va xom ashyo aylanmasini tezlashtirish, avia tashuv bo‘yicha yagona tizim yaratishdan iborat.
Yakunda tomonlar “S5+1 Xitoy – Markaziy Osiyo fuqaro aviasiyasi” konferensiyani har yili 1 martda navbati bilan hamkorlikka a’zo mamlakatlarda o‘tkazish orqali hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Kiritildi: 16:43 24.06.2024. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!