Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin yashil chiroq yoqdi: Asad Erdo‘g‘onning oldiga boradi

Putin yashil chiroq yoqdi: Asad Erdo‘g‘onning oldiga boradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Suriya yetakchisi Bashar al-Assad o‘rtasida yaqin orada uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Suriya yetakchilari oxirgi marta 2011 yilda uchrashgan edi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu uchrashuv 3-4 iyul kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Ostonadagi sammitida bo‘lib o‘tishi mumkin. Ammo rasmiy Anqara hozircha sukut saqlamoqda, bu umuman tabiiy - bu turdagi ma’lumotlarni oxirgi lahzagacha oshkor qilmaslik istagi Turkiya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Misol uchun, jahon matbuoti Erdo‘g‘onning Qatardagi jahon chempionatining ochilish marosimida bo‘lib o‘tgan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashuvi haqida Turkiya prezidenti Anqaraga qaytganidan keyingina xabar topdi.

Qayd etish joizki, Anqara va Damashq o‘rtasidagi o‘ta murakkab, mohiyatan dushmanlik munosabatlariga qaramay, so‘nggi to‘rt yil davomida maxsus xizmatlar rahbarlari darajasida o‘n to‘rtta ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, ularda nafaqat xavfsizlik, balki razvedka ma’lumotlarini almashish masalalari ham muhokama qilindi, shuningdek, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi uchun axborot va siyosiy zamin puxta va sekinlik bilan tayyorlandi.

Bu esa, tabiiyki, Suriya rejimiga o‘z ta’sirini Turkiya bilan bo‘lishish uchun asosga ega bo‘lmagan Rossiya va Eron rahbariyatiga to‘g‘ri kelmadi. Natijada Erdo‘g‘on va Asad o‘rtasida allaqachon qaror qilingandek tuyulgan uchrashuv bir necha bor buzildi.

Xususan, ikki davlat rahbarlarining 2022 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida uchrashishi kutilgandi, biroq so‘nggi lahzada Tehron o‘z ta’sirini ishga solib, Asadni bu tadbirda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Siyosiy kuzatuvchilarga ko‘ra, burilish nuqtasi Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanning Moskvaga tashrifi bo‘ldi, o‘shanda prezident Vladimir Putin Erdo‘g‘on va Asad o‘rtasidagi uchrashuvga yashil chiroq yoqdi.


Prezident Putinning Fidan bilan uchrashuvidan so‘ng o‘zining maxsus vakili Aleksandr Lavrentevni Erdo‘g‘on bilan Suriya-Turkiya sammiti tafsilotlarini muhokama qilish uchun Damashqqa yuborish qarori ham uzoq kutilgan Turkiya-Suriya yarashuv jarayoni boshlanganiga dalil bo‘ldi.


Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Bashar al-Assad o‘rtasida kutilayotgan uchrashuv Turkiya siyosatidagi Suriya vektorida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligiga shubha yo‘q.

Kiritildi: 12:05 02.07.2024. O'qildi: 2152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!