Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Bugun Kuvaytda “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi”ning tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalardan biri - 5 may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari sammiti bo‘ldi.
Tadbir doirasida Saidov Kuvayt Davlati Amirlik devoni ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Muhammad Abdulloh al-Muborak as-Saboh bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.