Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlari va AQSh davlat kotibi uchrashdi

Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlari va AQSh davlat kotibi uchrashdi

BMT Bosh assambleyasining 79 yillik sessiyasi doirasida Markaziy Osiyoning beshta davlati — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken C5+1 formatida uchrashuv o‘tkazdi.

“Qariyb o‘n yil avval Samarqandda ilk bor boshlangan C5+1 tashabbusining izchil rivojlanishi Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlik yo‘lida birgalikdagi harakatimizni namoyish etadi”, deb yozdi uchrashuvda ishtirok etgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.

Uning ta’kidlashicha, iqtisodiy hamkorlik, suv resurslarini boshqarish, barqaror qishloq xo‘jaligi, ekologik chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurashish mintaqaviy hamkorlikda barqarorlik va o‘sishni ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlaridandir.

Entoni Blinken X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQSh Markaziy Osiyo mustaqilligi, farovonligi va xavfsizligini saqlashga qaratilgan umumiy maqsadlarga erishish uchun mintaqa davlatlari bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanini yozdi.

Kiritildi: 10:00 29.09.2024. O'qildi: 1266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!