Reuters xabar berishicha, 6 mart, payshanba kuni Uoll-stritning asosiy fond indekslari pasayish bilan boshlandi.
AQSh bojxona to‘lovlarini joriy etishi oqibatida yuzaga kelgan savdo urushi bilan bog‘liq noaniqliklar bozordagi kayfiyatni tushirib yuborgan. Bundan tashqari, Marvell kompaniyasining bashorati sun’iy intellekt infratuzilmasiga bo‘lgan talabning sekinlashishi haqidagi xavotirlarni kuchaytirishi natijasida mikrochiplar sektori ham pasayib ketdi.
Savdo sessiyasi boshlanishida Dow Jones indeksi 0,94 foizga, Nasdaq 1,90 foizga, S&P 500 esa 1,35 foizga tushdi.